🟢Navbatdagi uchrashuv Tabiiy fanlar fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan bo‘lib o‘tdi.
🟢“Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari doirasida universitet rektori Abduqodir Toshqulov yoshlar bilan samimiy muloqot qilib, ularning fikr va takliflarini tingladi.
🟢Uchrashuvda ilm-fanga intilish, tadqiqotchilik salohiyatini rivojlantirish, talabalarning tashabbus va maqsadlarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi.
🟢Tojikistonlik talaba Shamsiddin Mamataliyev universitetdagi ilmiy muhit uning orzu va maqsadlariga yangi qanot bag‘ishlayotganini ta’kidladi.