16–17-oktabr kunlari Termiz davlat universitetida “Geografiyada zamonaviy innovatsion tadqiqotlar: raqamli texnologiyalar va GIS” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Konferensiya geografiya fani rivojiga munosib hissa qo‘shgan professor Abdimo‘min Ro‘ziyev tavalludining 90 yilligiga bag‘ishlangan.
Konferensiya yalpi majlis bilan boshlanib, unda geografiya fanining dolzarb masalalari yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tinglandi. Shundan so‘ng, ish beshta sho‘ba yo‘nalishi bo‘yicha davom etib, zamonaviy ilmiy tadqiqotlar, raqamli texnologiyalar va GIS imkoniyatlari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.