🟢Termiz davlat universitetida “Talabalikka bag‘ishlov” tadbirlari doirasida rektor Abduqodir Toshqulov Kimyo fakultetining birinchi bosqich talabalari bilan uchrashdi.
🟢Samimiy muloqotda kimyo ilmini chuqur egallash, yoshlarni ilmiy izlanishlarga keng jalb etish, laboratoriya mashg‘ulotlari va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
🟢Uchrashuvning eng ta’sirli lahzalari talabalarning samimiy fikrlari bilan bog‘liq bo‘ldi. Qiziriqlik Marjona Yo‘ldosheva maktab davrida rektor bilan uchrashib, TerDU talabasi bo‘lishni orzu qilgani va bugun ana shu maqsadiga erishganini hayajon bilan so‘zlab berdi. Fazilat Sharipova esa oilasining to‘rt nafar a’zosi aynan shu universitetda tahsil olayotganini faxr bilan ta’kidladi.
🟢Muloqot davomida talabalarga universitet prorektorlari va ularning mas’uliyat yo‘nalishlari tanishtirildi.