Termiz davlat universiteti "Iqtisodiyot" kafedrasi o'qituvchisi Egamnazarova Gulnoza Xolmurod qizi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda "Moliya, pul muomalasi va kredit" ixtisosligidan “Hududlarda aholi daromadlarini oshirishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Universitet jamoasi nomidan Gulnoza Xolmurod qizini ushbu yutugʻi bilan qutlab, unga mustahkam sogʻlik, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz!