TerDUda xalqaro akkreditatsiya jarayoni davom etmoqda

Yangiliklar 15-10-2026 50 3 SDG 3 Sog'liq va farovonlik 4 SDG 4 Sifatli ta'lim 5 SDG 5 Gender tenglik 17 SDG 17 Hamkorlik va sheriklik

Ayni kunlarda Termiz davlat universitetida Germaniyaning ACQUIN xalqaro akkreditatsiya tashkiloti ekspertlari tomonidan ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazish jarayoni doirasida fakultetlarda o‘rganish, suhbat va monitoring ishlari olib borilmoqda.

Monitoring jarayonida ta’lim dasturlarining mazmuni, o‘quv jarayonining tashkil etilishi, ta’lim sifatini ta’minlash mexanizmlari hamda xalqaro standartlarga muvofiqlik darajasi o‘rganilmoqda. 

Tashrif davomida ekspertlar Janine Egle, Martin Borg va professor Jenni Lehtinen fakultetlarda bo‘lib, ta’lim yo‘nalishlari kesimida Yevropa oliy ta’limi sifatini ta’minlash standartlari va belgilangan tartib-taomillar asosida professor-o‘qituvchilar, mas’ul xodimlar hamda talabalar bilan suhbatlar o‘tkazmoqdalar.

Mazkur jarayon universitetda ta’lim sifatini xalqaro mezonlar asosida baholash, ta’lim dasturlarining raqobatbardoshligini oshirish hamda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.