TerDUda PF-207-son Farmon ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi

Yangiliklar 13-10-2026 37

Termiz davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.

Monitoring jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligi bosh mutaxassisi, Administratsiya ishchi guruhi a’zosi Ahmadxon Muhammadsaidovich Mahmudov tomonidan universitetda Farmon ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, tegishli hujjatlar hamda belgilangan vazifalarning bajarilish holati atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar tahlil qilinib, mavjud masalalar hamda kelgusida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan yo‘nalishlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.