YUKSAK ZAFAR

Yangiliklar 13-10-2026 37

Viloyat bosqichi g‘olibi bo‘ldik va Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdik!  MUNOZARA respublika tanlovi hamda debat chempionatlarining hududiy-viloyat bosqichi yakuniga yetdi! Shiddatli va murosasiz kechgan bahslarda Termiz davlat universiteti va vakillarimiz o‘zlarining intellektual salohiyatlarini namoyon etib, munosib g‘alabani qo‘lga kiritishdi!

📊 Mintaqaviy (viloyat) bosqichi natijalari:
🥇 1-o‘rin: Termiz davlat universiteti — "Gumata" jamoasi 🥈 2-o‘rin: Termiz davlat pedagogika instituti — "Humo" jamoasi
🥉 3-o‘rin: Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali — "Aysberg" jamoasi
🔥 Eng quvonarlisi, ushbu yorqin g‘alaba evaziga "Gumata" jamoamiz tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani naqd qildi!

👏Barcha g‘olib va sovrindor jamoalarni samimiy muborakbod etamiz! Respublika bosqichida viloyatimiz sharafini munosib himoya qilishda "Gumata" jamoasiga ulkan zafarlar tilaymiz! Oldinda yanada yuksak marralar kutmoqda, olg‘a!