ALISHER NAVOIYNING 580 YILLIGI TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar fakultetlarda ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, 5 fevral kuni milliy hunarmandchilik va kulolchilik va maktabgacha ta’lim fakultetlarida ushbu tadbirlar tashkil etildi.

Milliy hunarmandchilik va kulolchilik fakulteti talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Navoiy siymosi rassomlar nigohida” tanlovi g‘oliblari aniqlanib, ular esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim fakultetida "Alisher Navoiy ijodida komil inson tarbiyasi" nomli  tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida fakultet professor-o‘qituvchilari tomonidan Alisher Navoiy ijodi, uning insoniyat tarixida tutgan o‘rni masalalari yuzasidan ma’ruzalari tinglandi. So‘ng talabalar tomonidan shoir ijodidan namunalar o‘qildi, kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Yakunda tadbir faollariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Afg‘on shamoli”ga qarshi ilmiy izlanishlar: ekologik muammolarga innovatsion yechim

  • 2026-08-12
  • 13

Termiz davlat universiteti huzurida faoliyat boshlagan “Afg‘on shamoli ta’sirini kamaytirish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy tadqiqot markazi” tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Batafsil

TerDUda hududiy rivojlanishning ilmiy asoslari yaratilmoqda

  • 2026-08-12
  • 16

Termiz davlat universiteti huzuridagi Hududiy tadqiqotlar markazi faoliyati bo‘yicha hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

TerDUda Koreya tajribasi asosida raqamli transformatsiya

  • 2026-08-12
  • 24

Termiz davlat universiteti rektori huzurida prorektorlar hamda mas’ul boshqarma va bo‘lim boshliqlarining taqdimotlari davom etmoqda.

Batafsil