So‘rovnoma

E'lonlar 12-10-2026 555

Universitetimizda ta’lim jarayoni samaradorligini baholash, ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etayotgan holatlarni aniqlash va bartaraf etish, talabalarning o‘quv-tashkiliy jarayonlardan qoniqish darajasi va munosabatini aniqlash maqsadida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

🟢So‘rovnoma anonim tarzda tashkil etilgan bo‘lib, shaxsiy ma’lumotlaringizni aniqlab bo‘lmasligiga kafolat beriladi. Sizdan savollarga xolisona yondashib, ochiq-oydin fikr bildirishingizni so‘raymiz.

✅ Universitet hayoti va rivojiga bo‘lgan e’tiboringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!

🔗 So‘rovnoma survey.tersu.uz platformasida 2026-yil 12-oktabr soat 11:00 dan 14-oktabr soat 12:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

❗️Eng yomon illat – befarqlikdir.

Hurmatli talabalar, o‘z fikr va takliflaringizni bildirib, ta’lim sifatini takomillashtirish jarayoniga hissangizni qo‘shishga chorlaymiz.