“Surxon tongi”

E'lonlar 10-10-2026 520

“Surxon tongi” gazetasining 2026-yil 8-oktyabrdagi sonida Termiz davlat universitetida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, ilm-fan va ta’lim sifati, xalqaro hamkorlik hamda zamonaviy infratuzilma rivojiga bag‘ishlangan keng qamrovli maqolalar e’lon qilindi.

“Ilm-fanning haqiqiy qiymati uning inson hayoti va yurt ravnaqiga qanchalik xizmat qilayotganida namoyon bo‘ladi."

Gazeta sahifalarida aks etgan ushbu mazmun universitetning nafaqat ta’lim va ilm-fan markazi, balki hudud taraqqiyotiga xizmat qiluvchi muhim ilmiy maskan sifatidagi o‘rnini ham yoritadi.

 Xalqaro hamkorlik, ilmiy izlanishlar, raqamli boshqaruv, innovatsion loyihalar va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar — bularning barchasi TerDU hayotidagi yangilanishlarning yorqin ifodasidir.

TerDU taraqqiyotining buguni va istiqboliga nazar tashlashni istasangiz, “Surxon tongi” gazetasining mazkur sonini mutolaa qiling!