2026-yil 12-oktabr kuni soat 11:00 da Termiz davlat universiteti Ilmiy tadqiqotlar markazida “Kayrittepa: arxeologik tadqiqotlar va madaniy merosni asrash” nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi.
🟢Ko‘rgazmada Kayrittepaning arxeologik topilmalari, tadqiqot natijalari, fotogrammetrik tasvirlari va 3D rekonstruksiyasi namoyish etiladi.
🟢Tadbir universitetimiz hamda Fransiyaning Archéorient (CNRS / Université Lumière Lyon 2) ilmiy markazi hamkorligidagi xalqaro loyiha doirasida tashkil etilmoqda.
🟢Tarixni kashf eting, madaniy merosimizni yaqindan taning!
🟢Barcha professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalarni ko‘rgazmaga taklif etamiz!