JARQO‘TONNING MING YILLIK SIRLARI O‘RGANILMOQDA

Yangiliklar 08-10-2026 57 11 SDG 11 Barqaror shaharlar va jamoalar 17 SDG 17 Hamkorlik va sheriklik

🟢Jarqo‘ton arxeologik yodgorligida yangi qazishma mavsumi boshlandi. Ayni paytda tadqiqotlar yodgorlikning 3-sonli nekropol hududida olib borilmoqda.

🟢Ushbu izlanishlar Termiz davlat universiteti, Samarqand arxeologiya instituti hamda Italiyaning Salento universiteti hamkorligidagi O‘zbekiston–Italiya qo‘shma arxeologik tadqiqotlari doirasida amalga oshirilmoqda.

🟢Qazishmalar davomida aniqlanayotgan qadimiy dafnlar, inson skeletlari va moddiy madaniyat namunalari minglab yillar avval yashagan ajdodlarimizning turmush tarzi, urf-odatlari va dafn an’analari haqida muhim ma’lumotlar bermoqda.

🟢Bioarxeologik tadqiqotlar orqali inson qoldiqlarining yoshi, biologik jinsi, antropologik xususiyatlari, shuningdek, qadimgi aholining salomatligi va ovqatlanish tarzi o‘rganilmoqda.