Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 3-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan chet ellik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilidan respublika olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 321-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan olimpiadaning universitet bosqichi o‘tkazildi.
🟢Tanlov davomida ishtirokchilarning o‘zbek tilini bilish darajasi, savodxonligi va bilimlari belgilangan Nizom talablari asosida hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
Olimpiada yakunlariga ko‘ra: 🥇I o‘rin — Emadi Nesar Ahmad (Afg‘oniston) — 97 ball 🥈 II o‘rin — Atabaev Zoir (Tojikiston) — 78 ball 🥉 III o‘rin — Nadim Husna (Afg‘oniston) — 75 ball
🟢G‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanib, Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
🟢G‘oliblarimizni samimiy muborakbod etamiz va Respublika bosqichida ularga omad hamda yuqori natijalar tilaymiz