Termiz davlat universitetining qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoni doirasida xorijiy til bo‘yicha navbatdagi sinovlar bo‘lib o‘tdi.
🟢Sinovlar Termiz shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligida tashkil etildi. Unda xorijiy til bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lmagan 257 nafar abituriyent o‘z bilim va tayyorgarlik darajasini namoyish etdi.
🟢Ushbu bosqich qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil olishga munosib nomzodlarni aniqlash va saralash jarayonining muhim qismi hisoblanadi.
Natijalar hamda qabulning keyingi jarayonlariga oid barcha muhim ma’lumotlar rasmiy axborot kanallarimiz orqali e’lon qilinadi.