Milliy dasturlar — yoshlar nigohida

Yangiliklar 05-10-2026 31

🟢Termiz davlat universitetining Axborot-resurs markazida talabalari ishtirokida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 7 ta milliy dasturning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

🟢Davra suhbatida falsafa fanlari doktori, professor Samatov Shomat asosiy ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

🟢Suhbat davomida 7 ta milliy dasturning mazmun-mohiyati, ularning jamiyat taraqqiyoti, mamlakat kelajagi va yoshlar hayotidagi ahamiyati haqida fikr yuritildi.

🟢Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda mavzu yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirdilar.