Termiz davlat universiteti va Fransiyaning Archéorient – UMR 5133 (CNRS / Université Lumière Lyon 2) laboratoriyasi hamkorligida «Kayrit vohasini muhofaza qilish va jamoatchilikka tanishtirish» (KO3P) loyihasi amalga oshirilmoqda. ALIPH va Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida 2026-yil 22-sentabrdan 15-oktabrgacha Kayrittepa yodgorligida arxeologik tadqiqotlar, qazishmalar, muhofaza, konservatsiya va jamoatchilikka tanishtirish ishlari olib borilmoqda.
🟢Ishlar professor Shapulat Shaydullayev va Johanna Lhuillier ilmiy rahbarligida, loyiha muvofiqlashtiruvchisi Ulug‘bek Shapulatov hamda konservatsiya mutaxassisi Chamsia Sadozaï ishtirokida amalga oshirilmoqda.
🟢Universitetning doktorantlari, magistrantlari va bakalavriat talabalari ushbu ishlarda qatnashib, arxeologik merosni o‘rganish va saqlash ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda. Loyiha Surxondaryoning arxeologik merosini o‘rganish va kelajak avlodlar uchun asrashga xizmat qiladi.