5-oktabr dushanba kuni Termiz davlat universitetida “El-yurt umidi” jamgʻarmasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etilmoqda.
🔎 Xorijda magistratura va doktorantura bosqichida tahsil olish niyatida bo'lgan bitiruvchi bosqich talabalarini va professor-o'qituvchilarimizni ushbu uchrashuvga taklif etamiz.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi xorijdagi nufuzli universitetlarda vatandoshlarimizni oʻqitish va malakasini oshirish uchun toʻliq moliyalashtiriladigan grantlar ajratuvchi davlat tashkilotidir.
📍Manzil: Termiz davlat universiteti 2-binosi (Yuridik fakultet), 4-qavat zal,
🕘 Vaqti: ertalab soat 09.00da. Uchrashuvga ro'yxatga olish 08.45 da yakunlanadi.
✈️Murojaat uchun: @abdujabborov_muslimbek