IT Queens: TerDU talaba-qizlari 3 ta yo‘nalishda birinchi o‘rinni egalladi

Yangiliklar 03-10-2026 57 4 SDG 4 Sifatli ta'lim 5 SDG 5 Gender tenglik

🟢«IT Queens — Kelajakni yaratuvchi qizlar» innovatsion tanlovining hududiy bosqichida Termiz davlat universiteti talaba-qizlari munosib ishtirok etib, 3 ta yo‘nalishda 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

🟢Tanlovda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalaridan saralangan iqtidorli talaba-qizlar zamonaviy axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi bilim, ko‘nikma va innovatsion g‘oyalarini namoyish etdilar.

➡️TerDU talabalari quyidagi yo‘nalishlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
🟢Mobil ilovalar yo‘nalishi
🥇 1-o‘rin — Musurmonqulova Munisa
➡️ Kiberxavfsizlik yo‘nalishi
🥇 1-o‘rin — Saydullayeva Barchinoy
➡️Avtomatlashtirilgan tizimlar yo‘nalishi
🥇 1-o‘rin — Mardayeva Dilnura

Shuningdek, tanlovning boshqa yo‘nalishlarida qo‘ydagi oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlari yuqori natijalarni qayd etdi:

🟢Aqlli qurilmalar va IoT — Farmonova Madina Rustam qizi, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;
🟢Veb-ishlanmalar — Axmedova Aziza Shuhrat qizi, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti;
🟢Sun’iy intellekt — Xursanova Gulnigor Sharifjon qizi, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;
🟢Raqamli ta’lim — Urolova Marjona Abdusalom qizi, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti;
🟢Dasturiy ta’minot — Norqulova Nafisa O‘rol qizi, Termiz davlat pedagogika instituti.

🟢G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-o‘rin sohiblari tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

🟢Yosh qizlar — zamonaviy texnologiyalar, innovatsiya va raqamli kelajak sari!

🟢TerDU talaba-qizlarini g‘alaba bilan muborakbod etamiz va Respublika bosqichida omad tilaymiz!