Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!

Termiz tumani markazidagi “Marvarid” dam olish maskanida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari B. Mardayev va F. Samatov, Termiz davlat universiteti rektori A. Maraximov, O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi raisi A. Ro‘ziyev, Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi direktori O. Ro‘ziyev, Termiz tuman hokimining o‘rinbosari S.Nuriyev hamda partiya faollari, deputatlar, xalqimiz suygan madaniyat va san’at sohasi vakillari, taniqli sportchilar, tadbirkor va fermerlar ishtirok etdi. 

Tadbirda B. Mardayev, F. Samatov, A. Maraximov, A. Ro‘ziyev hamda boshqa faollar, deputatlar so‘zga chiqib, istiqlol yillarida, ayniqsa so‘nggi besh yilda xalqimiz hayoti va yurt taraqqiyotini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqqan islohotlarnining mazmun-mohiyati, “Odamlar davlat idoralari uchun emas, davlat idoralari odamlar uchun ishlashi zarur!” degan g‘oyada butun mazmuni o‘z aksini topgan keng ko‘lamli yangilanishlar natijalari haqida so‘z yuritishdi. Ushbu jarayonlarda mamlakatning yetakchi siyosiy kuchi bo‘lmish Tadbirklorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-deomkratik partiyasining ham ishtiroki borligi ta’kidlandi.

Tadbirda tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga zavq-u shavq baxsh etdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 43

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 58

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 43

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil