Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 16 aprel kuni Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyida Termiz davlat universiteti san’atshunoslik fakultetining talabalari tomonidan “Istiqlolni kuylagan avlod” deb nomlangan hisobot konserti bo‘lib o‘tdi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar, keng jamoatchilik vakillari taklif etildi.
Konsertda universitetning “Xor” jamoasi, “Surxon sabolari” raqs ansambli, “Maqomchilar ansambli”, “Savti Surxon” orkestri, “Jayxun” etnografik xalq ansambli va “Doirachilar” jamoalari jonli ijrodagi dasturlari bilan yig‘ilganlarni xushnud etishdi
oʻquv yili davomida yoshlarni boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar: davra suhbatlari, adabiy va sanʼat kechalari, koʻrgazmalar, seminar, festival, koʻrik tanlov va musobaqalar tashkil etildi. Xususan:
Talabani 5 muhim tashabbus doirasidagi faoliyatga jalb etish boʻyicha –374 ta;
Talabalar oʻrtasida madaniy ishlar (konsert, kitobxonlik, kino, teatr, muzey va h.k.)ni tashkil etish boʻyicha – 236 ta;
Universitetimiz talabalari viloyat miqyosida boʻlib oʻtgan ommaviy tadbirlarda ham faol tarzda ishtirok etdi. Jumladan, “Navroʻz” bayrami tantanalarida,
7-8-mayda Boysunda oʻtkazilgan “Boysun bahori” festivali va 17-18-iyunda Termiz shahrida boʻlib oʻtgan “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” festivali va boshqa tadbirlarda faol qatnashdi.
Shuningdek, universitetda 31-mart kuni “Navroʻz sayli”, 31-may kuni ilk bora “Talabalar bahori” talaba-yoshlar festivallari oʻtkazildi. Ushbu festivallar doirasi koʻrgazmalar, tanlovlar, “Rektor kubogi” sport musobaqalari tashkil etildi. Ushbu festivallarda jami 9000 ga yaqin talabalar qamrab olindi.
Qolaversa, haftaning har juma kunlari TTJlarida “Talabalar oqshomi” konsert dasturi oʻtkazib borildi.
Joriy yilning 27-iyunidan 15-iyuliga qadar universitetning 112 nafar volontyor talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida viloyatimizning barcha tumanlaridagi mahallarida targʻibot, tushuntirish ishlarini olib borishdi.