TerDUda ijodiy (kasbiy) imtihonlar davom etmoqda

 30 iyul kuni Vokal san’ati (turlar bo‘yicha), Cholg‘u ijrochiligi (turlari bo‘yicha), Dizayn (milliy kostyum), Sport faoliyati (kurash) kabi kunduzgi ta'lim  yo‘nalishlari hamda Jismoniy madaniyat sirtqi ta'lim shakliga talabalikka hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlardavom etdi.

Universitet hududida bo‘lib o‘tayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar jarayonlarida oliygoh rektori abituriyentlar omad tiladi. Ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi. “Oshkoralik, adolat mezoni bizning birinchi vazifamiz.

Biz imtihon jarayonlarini ochiq, shaffof bo‘lishi uchun barcha sharoitlarni yaratdik. Jamoatchilik vakillari, deputatlar, blogerlarni kuzatuvchi sifatida taklif etdik.

O‘zingiz ham buni natijasini onlayn kuzatib bormoqdasiz”, dedi rektor A.Maraximov ota-onalar bilan bo'lgan suhbatda.

Imtihon jarayonlarining ochiqligi, shaffofligidan barcha abituriyentlar va ota-onalar manmun ekanligini ta'kidlab o‘tishdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 39

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 53

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 39

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil