Xabaringiz bor, respublikamiz boʻyicha 2021/2022 oʻquv yili bakalavriat bosqichi uchun alohida iqtidor talab etiladigan yoʻnalishlarda kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlari boshlanmoqda.

Shu munosabat bilan TerDU rektori prorektorlar, alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlarida oʻtkaziladigan kasbiy (ijodiy) imtihon raislari, aʼzolari, OAV xodimlari va blogerlar ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.

TerDU rektori kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarini karantin qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda ochiq, shaffof, adolatli va tamomila yangicha formatda tashkil etilishini ta'kidlab, tashkilotchilarga tegishli topshiriqlarni berdi.

Termiz davlat universiteti 2021/2022 oʻquv yilida kasbiy (ijodiy) imtihonlarda 10 ta taʼlim yoʻnalishida jami 1504 nafar abituriyent ishtirok etadi. 

Imtihon jarayoni toʻliq videokuzatuv ostida oʻtkaziladi, toʻgʻridan-toʻgʻri http://Imtihon.edu.uz  manzilida onlayn namoyish etib boriladi. 

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 39

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 53

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 39

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil