"ZULFIYA" NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI - XOTIN-QIZLARNING JAMIYATIMIZDAGI MAVQEINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA.

Mamlakatimizda xotin-qizlarni e’zozlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, o‘zining iqtidori va ibratli faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarayotgan, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda chuqur bilim va intellektual salohiyatini namoyon etib, o‘z g‘oya va tashabbuslarini ilgari surayotgan, ijtimoiy hayotda faollik ko‘rsatayotgan qizlarni munosib rag‘batlantirish maqsadida "Zulfiya" nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etilgan.
Ayolni muqaddas bilish, unga alohida ehtirom ko‘rsatish, ozod va obod yurtimiz kelajagi bo‘lgan har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos o‘rnini yana bir bor e’tirof etish, barkamol, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning adabiyot, san’at, fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, tengdoshlarining milliy istiqlol g‘oyalari va madaniy-ma’naviy qadriyatlarga e’tiqodining yuksalishi yo‘lidagi ibratli faoliyati, keng ko‘lamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini rag‘batlantirish maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri vakilalariga ikkitadan har yili Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida berish an'anaga aylangan.
Ayni damda Termiz davlat universiteti, Rus filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi bo‘lgan Komiljonova Nilufar Shuxrat qizi Prezident qarori bilan Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo'ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 martdagi "Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g`risida"gi Qaroriga ko‘ra Termiz Davlat universiteti Rus filologiyasi fakulteti Filologiya va tillarni O‘qitish yo‘nalishi 3-kurs talabasi Komiljonova Nilufar Shuxrat qizi Jamoatchilik faoliyati uchun nominasiyasi bo‘yicha Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Mazkur mukofot mamlakatimizda yoshlarning hamda xotin-qizlarning jamiyatimizdagi mavqeini oshirish, ularga boʻlayotgan eʼtiborning samarasini yana bir bor tasdiqlaydi. Nilufar Shuhrat qizining kelgusi faoliyatiga Termiz davlat universiteti jamoasi nomidan omad va ulkan zafarlar tilab qolamiz!
Talabaning ota-onasi va ustozlariga minnatdorchilik bildiramiz, ularni ushbu muvaffaqiyat va yutuq bilan universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va yoshlari nomidan samimiy tabriklaymiz!

Foydali Havolalar

Yangiliklar

"Qalqon" jamoatchilik guruhi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

  • 2025-01-17
  • 13

2025-yil 16-yanvar kuni Termiz shahar prokurori o‘rinbosari K. Hazratqulov Termiz davlat universitetining "Qalqon" jamoatchilik guruhi vakillari

Batafsil

TerDUda xotin-qizlar maslahat kengashi mas’ullari tashabbusi bilan uchrashuv tashkil etildi.

  • 2025-01-16
  • 19

TerDUda xotin-qizlar maslahat kengashi mas’ullari tashabbusi bilan oilali talabalar hamda jamiyatimizning faol ayollari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil

Insholar tanlovi

  • 2025-01-15
  • 63

Ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini yangicha tafakkur asosida o‘rganish, talaba-yoshlarda yuksak

Batafsil