TerDUda bitiruvchi talabalarga diplom topshirildi

Joriy yilning 24 iyul kuni Termiz davlat universitetining Tarix, Axborot texnologiyalari, Arxitektura, Fizika-matematika, Xorijiy filologiya, Maktabgacha ta'lim, Jismoniy madaniyat, Kimyo texnologiya, Pedagogika, San'atshunoslik, Rus filologiyasi, Iqtisodiyot va turizm fakultetlarida tahsil olib, 2020/2021 o'quv yilini o‘qishni imtiyozli diplom bilan tamomlagan 33 nafar talabalarga diplom berish marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimda TerDU rektori A. Maraximov so'zga chiqib, barcha bitiruvchilarni samimiy tabriklab, mamlakatimiz kelajagi uchun yetuk kadrlar sifatida faoliyat yuritishlarida  zafarlar tiladi. Shundan so'ng tantanali ravishda diplomlarni o‘z egalariga topshirildi.

Diplom topshirish marosimida bir qator talaba yoshlar, ularning ota-onalari oʻz xursandchiliklari va ustozlarga boʻlgan minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 39

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 53

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 39

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil