Termiz davlat universiteti rektori, professor Avazjon Maraximov boshchiligida professor - o‘qituvchilari ham COVID-19 ga qarshi davlat byudjeti hisobidan o‘z ixtiyorlari bilan emlanishni boshladilar.
|
|
Emlash orqali tananing koronavirusga qarshilik ko‘rsatuvchi tabiiy himoya mexanizmlari harakatga keltirilib, qarshilik ko‘rsatuvchi immunitet mustahkamlanadi.
|
|
Emlanish ko‘proq kasallikning oldini olish va odamlar hayotini saqlab qolishning xavfsiz va samarali usuli hisoblanadi.