“Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik”

Viloyatimiz bo’ylab davom etayotgan “Yangi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik” festivali doirasida tashkil etilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar yoshlar uchun samarali va esda qolarli taassurotlarga boy bo’lmoqda.  

Festival yoshlarning 15 ga yaqin loyihalarda qatnashib, o’z iste’dodlarini namoyish etayotganligi bilan ahamiyatlidir. 

Termiz davlat universiteti professor-o’qituvchi va talabalari festivalning mazmunli o’tishida o’z hissalarini qo’shishmoqda. 

Sana’atshunoslik fakulteti talabalar tomonidan mohirona chizilgan rasmlar ko’rgazmasi, xalqaro va respublika tanlovlari g’oliblarining jonli ijroda kuylayotgan kuy-qo’shiqlari, “Quvnoqlar va zukkolar” da ishtirok etayotgan universitetning “Surxon yoshlari” jamoasi, Jismoniy madaniyat fakulteti chempion talabalarining  chiqishlari festivalga o‘zgacha shukuh bag‘ishlamoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 39

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 53

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 39

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil