“Bugungi amaliyotchi-ertangi o‘qituvchi”

Termiz davlat universiteti Pedagogika fakulteti 5111700-Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari bilan “Bugungi amaliyotchi-ertangi o‘qituvchi” mavzusida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 23 iyundagi
“Respublika oliy ta’lim muassasalariga qabul parametrlarini shakllantirish mexanizmini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-2360-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2005 yil 7 iyuldagi 58, 154-1, 19 va 02/2658-sonli qarori bilan tasdiqlangan (ro‘yxat raqami 1506, 2005 yil 6 avgust) “Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq oliy ta’lim muassasasi bakalavriati va magistraturasini 2020/2021 o‘quv yilida davlat grantlari va to‘lov-kontrakt asosida bitiruvchilarning iqtisodiyot tarmoqlari
va sohalari bo‘yicha ishga taqsimlanishi borasida anjuman uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Anjumanda ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalarining ish bilan bandligi masalasi bo‘yicha 155 nafar bitiruvchilar xududiy umumta’lim maktablari mas’ullari yordamida mehnat shartnomalari tuzildi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 39

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 53

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 39

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil