“Muzeylarga jamoatchilik kirishi

Muzeylar ko‘rgazma maydonlari yoki galerialar, san’at asarlari va artefaklarga jamoatchilikni kirishini ta;minlash”
Termiz davlat universiteti qoshida tashkil etilgan Qatagʻon qurbonlar muzeyi ish faoliyatini yuritib kelmoqda asosiy vazifalari qatagʻonchilik siyosatining paydo boʻlish sabablari va oqibatlarini tadqiq etish va uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi sifatida aks ettirish; mamlakatimiz fuqarolarini, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi ota bobolarimizning xotirasiga hurmat ruhida tarbiyalash; qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bogʻliq maʼnaviymaʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish va targʻib etishdir tashrif buyuruvchilardan xech qanday xizmat xaqqi olinmaydi. Yurtimizdagi muzeylar yurtdoshlarimiz qalbida tarixiy xotira tuygʻusini, ezgulik va adolatning boqiyligini, hurriyat va ozodlik neʼmatining qadrini yanada chuqurroq his etishga undaydi. 
Qatagʻon qurbonlar muzeyi ham  bu yorugʻ va dorilamon kunlar yoʻlida qurbon boʻlganlar ruhini shod etish, tinch hamda osoyishta zamonning qadriga yetish, shukronalik tuygʻularini his etish kishiga katta quvvat bagʻishlashi, ruhiyatni poklab, yangidan-yangi bunyodkorlik ishlariga chorlashini 
Vatanimiz ozodligi yoʻlida jonini fido qilganlar xotirasini abadiylashtirish, ularning xalq va Vatan kelajagi yoʻlidagi jasorati haqida yosh avlodga taʼsirchan maʼlumotlar yetkazish eng muhim vazifamiz hisoblanadi.
Talabalarni muzeylar, ziyorat maskanlariga sayohat qilishini tashkil qilish Talabalar viloyatimizdagi “Arxeologiya”, “Tarix”, universitetdagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeylari, Hakim at-Termiziy maqbarasi, Sulton Saodat majmuasi, Qirrqiz qalʼasi, Zurmala qadimiy obidalariga ichki turizmga jalb qilindi. Ichki turizmga jami 6000 ga yaqin talaba qamrab olindi. Shuningdek, 500 dan ortiq talabalar Samarqand, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida sayohatga chiqishdi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Muzeylar haftaligi” doirasida universitetning 1-kurs talabalari “Tarix va madaniyat muzeyiga” sayohat qilishdi.
Ushbu muzey Termiz shahrining koʻrkiga koʻrk qoʻshish bilan birga aholi, shu jumladan, yoshlarimizni tariximizga, milliy urf-odat va anʼanalarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
“Tabiat”, “Arxeologiya va tarix”, “Tasviriy sanʼat”, “Mustaqillik davri” hamda “Etnografiya” singari 5 ta boʻlimdan iborat, Uning fondida 16 ta yoʻnalishda 61 ming 325 ta eksponat mavjud boʻlib, shundan, 3150 ta eksponat noyob ashyo va kolleksiyalar sirasiga kiradi. Bu yerda saqlanayotgan nodir eksponatlardan xalqimizning ming yillik anʼanalari, qadriyatlarini oʻrganish mumkin.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Хushxabar

  • 2024-10-18
  • 10

“O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik tanlovida Termiz davlat universiteti talabasi faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Batafsil

 Konferensiya 

  • 2024-10-18
  • 11

Termiz shahri “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga mezbonlik qilayotganidan xabaringiz bor. 

Batafsil

“Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni”

  • 2024-10-17
  • 38

Termiz shahri “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga mezbonlik qilayotganidan xabaringiz bor.

Batafsil