Surxondaryobaliqsanoat MCHJ bilan hamkorlik

Barqaror baliqchilik. Mahalliy yoki milliy hamjamiyatlarga baliqchilik, akvakultura va turizmni barqaror boshqarish bo‘yicha ta’lim dasturi yoki targ‘ibot ishlari
Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari Surxondaryobaliqsanoat MCHJ bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatidagi mavjud baliqchilik xo‘jaliklaridagi ov ahamiyatiga ega baliq turlari, ularning parazit kasalliklar bilan zararlanish ko‘rsatkichlarini aniqlash, monitoring o‘tkazish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan bo‘lib, ikki tomonlama hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari biologiya ta’lim yo‘nalishi bakalavriyat talabalarining ishlab chiqarish amaliyotlari dasturlarida ham viloyatdagi baliqchilik xo‘jaliklarida amaliyot o‘tashi belgilab qo‘yilgan bo‘lib, talabalar baliqchilik xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan baliq turlarini, chavaqlarni o‘stirish, baliqlarni oziqlantirish va transportirovka qilish, hovuzlarni baliqlantirish bosqichlarini mukammal o‘rganishib kelishmoqda.
Zoologiya kafedrasida tayanch doktorantura bosqichi mavjud bo‘lib, hozirda doktorantlarimiz va stajyor o‘qituvchilarimiz Surxondaryo havzasi ixtiofaunasining molekulyar identifikatsiyasi hamda O‘zbekiston janubiy hududlari tabiiy suv havzalarining sanoat baliqchiligidagi ahamiyati mavzularida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishmoqda.
Zoologiya kafedrasida talabalar dala amaliyotida Surxondaryo viloyatidagi tabiiy suv havzalaridan to‘plangan baliqlarni maxsus eritmalarda fiksatsiya qilib, kollektsiya yaratilgan va bu kollektsiyadan amaliy dars jarayonlarida foydalanilmoqda.

Haddan tashqari baliq ovlash Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Zoologiya kafedrasining professor-o‘qituvchilari Surxondaryo viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatdagi tabiiy suv havzalaridan noqonuniy ovchilar tomonidan ovlangan baliqlarning turini hamda ularning statusini aniqlash ishlari olib borilmoqda. 


Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Bioxilma xillikni asrash va hayvonlar kadasrti bo‘limi hodimlari bilan hamkorlikda tabiiy suv havzalariga yaqin hududlarda yashovchi aholi vakillari bilan baliq ovlashning texnik xarakteristikasi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. SHu bilan birga baliq ovlashda baliqlarning zahiralariga e’tibor qaratish, ko‘payish mavsumida umuman baliq ovlamaslik bo‘yicha targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.


Haddan tashqari baliq ovlash va uning oqibatlari bo‘yicha mahalliy aholi vakillari bilan davra suhbatlari va targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, hozirgi kunda hududlarda noqonuniy ovchilar tomonidan baliqlarni elektr toki yordamida ovlash holatlari ham uchrab turgani, bu baliq zahiralari uchun juda xalokatli ekanligini doimo tushuntirib borilmoqda.

Harakat orqali suv ekotizimlarini qo‘llab-quvvatlash
  Biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari tashabbusi bilan Toza suv, toza daryo Chiqindisiz bir kun kabi tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, talabalar har oyning oxirgi shanba kuni Surxondaryoning Termiz shahri atrofidagi qirg‘oq bo‘yi hududlarida aholi tomonidan tashlab ketilgan maishiy chiqindilar – plastik idishlar yig‘ib olinib, maxsus qabul punklariga topshirilmoqda. Bu harakatlar orqali keng jamoatchilik e’tiborini suv ekotizimlarini chiqindilardan tozalash ishlariga qaratilmoqda.


Mavjud ekotizimlarni va ularning biologik xilma-xilligini, ayniqsa tahdid ostida bo‘lgan ekotizimlarni saqlash va kengaytirish uchun bevosita ishlar
Tabiiy fanlar fakulteti professor-o‘qituvchilari har yili O‘zFA Zoologiya instituti tomonidan tashkil etiladigan Respublika ilmiy amaliy konferentsiya hamda Yer resurslari va bioxilma-xillikni boshqarish bo‘yicha xalqaro konferentsiyalarda ishtirok etishib kelmoqda.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Хushxabar

  • 2024-10-18
  • 7

“O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik tanlovida Termiz davlat universiteti talabasi faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Batafsil

 Konferensiya 

  • 2024-10-18
  • 8

Termiz shahri “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga mezbonlik qilayotganidan xabaringiz bor. 

Batafsil

“Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni”

  • 2024-10-17
  • 38

Termiz shahri “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga mezbonlik qilayotganidan xabaringiz bor.

Batafsil