TerDU da professor-o’qituvchilarning qirq oltinchi ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi

Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga keng targ’ib etish, puxta bilimga ega, sog’lom fikrli mutaxassislarni tayyorlash hamda iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlashda oliy ta’limning, qolaversa yosh ilmiy izlanuvchilarning rolini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Oliy ta’limga kvotalarning oshganligi, oliy ta’lim muassasalari, jumladan xorijdagi oliy o’quv yurtlari filiallarining tashkil etilayotganligi, ko’plab iqtidorli talabalarning xorijiy davlatlarga ilmiy stajirovka va ta’lim olish uchun jo’natilayotganligi bu borada qilinayotgan ishlarning amaliy isbotidir.

Termiz davlat universitetida uzoq yillardan buyon professor-o’qituvchilar va yosh izlanuvchilarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish maqsadida ilmiy-amaliy konferensiya o’tkazilib kelinmoqda. 2021 yilning  28 may sanasida Termiz davlat universitetida professor-o’qituvchilarning an'anaviy qirq oltinchi ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi.  

Professor-o’qituvchilarning  2020-yilda olib borgan ilmiy-ijodiy izlanishlari va tadqiqotlari natijalarini keng targʻib etish, ularning ilm-fan rivoji yoʻlidagi ezgu intilishlarini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan konferensiyani universitet rektori A.Maraximov kirish soʻzi bilan ochib berdi.

“Ushbu konferensiyaning boshqa rasmiy uchrashuvlardan farqli jihati shundaki, bugun bu yerda ochiq fikr yuritamiz. ilm-fan yoʻliga qadam qoʻygan izlanuvchilarning ilmiy faoliyati bilan tanishamiz. Yana bir muhim jihati universitetimizning ilmiy salohiyati qay darajada va ilmiy faoliyatni yanada rivojlantirishiniz uchun nimalar qilishimiz lozimligi to’g’risida fikr almashamiz” , dedi oliygoh rektori A.Maraximov o’z nutqida.

Mazkur anjuman 40 ta shoʻbada ish olib bordi va jami 420 ta maqola  qabul qilindi. Ilmiy izlanuvchi o’qituvchilar turli mavzulardagi maʼruzalari bilan faol ishtirok etishdi. Sohani yanada rivojlantirish istiqbollari, oldinda turgan dolzarb vazifalar haqidagi fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar.

Yildan yilga nufuzi oshib borayotgan mazkur anjumanda ilm-fanga oid yangiliklar, muammo va takliflar oʻrtaga tashlandi. Anjuman bahs va munozaralar koʻtarilgan mavzularga oid ilmiy xulosalar, taklif va mulohazalarga boy bo’ldi.

Har bir shoʻba ishidan eng dolzarb mavzularda taqdim etilgan tezis va maqolar orasidan mutaxassislar tomonidan munosib baholandi.

Termiz davlat universiteti Axborot xizmati

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 38

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 52

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 38

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil