2026-yil 25-aprel (shanba) kuni Termiz davlat universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.К/Т.12.05 raqamli ilmiy kengash yig‘ilishi o‘tkaziladi.
📝KUN TARTIBI: 1. Soat 10:00 da Namangan davlat universiteti kimyo kafedrasi o‘qituvchishi Davlatboev Muzaffar Odiljon o‘g‘lining “Xinazolin-4-on va uning 2,3(H)-alkil almashgan hosilalari asosidagi organik tuzlar sintezi, rentgenstrukturaviy va termogravimetrik tahlili” mavzusida 02.00.01–Noorganik kimyo ixtisosligidan kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi. 🔸 Ilmiy rahbar: t.f.n. dotsent Sattarov To‘lqinjon Abdusattor o‘g‘li 🔸Dissertatsiya ishi bajarilgan tashkilot: Namangan davlat universiteti 🔸Rasmiy opponentlar: k.f.d., dots. Muqumova Gulvar Jumayevna, k.f.f.d., dots. Razzoqova Surayyo Razzoqovna. 🔸Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti
📍Manzil: Termiz davlat universiteti kimyo fakulteti 202-xona. https://us06web.zoom.us