Barqaror rivojlanish oʻzida namoyon qiladigan fan

Sogʻlom turmush tarzining noanʼanaviy usullari fanining oʻqitishdan maqsad -bakalavrda sogʻlom turmush tarzi boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirishdir.Fanning vazifalari -bakalavrga oʻz xayot mazmunini shakllantirish , salomatlikning inson hayotidagi ahamiyati , Kaydzen tizimi , sogʻlom turmush tarziga mala qilishda taym menedjment , raqamli minimalizm , sogʻlom turmush tarziga amal qilishda mobil ilovalar, mustaqil jismoniy mashgʻulotlar jarayonida nazorat va oʻzini oʻzi nazorat qilish , workout-koʻcha fitnesi boʻyicha nazariy maʼlumotlarni berish, amaliy harakat koʻnikma va malakalarni shakllantirishdan iboratdir.
Sogʻlom turmush tarzining noaʼanaviy usullari fanidan 4 ta mavzu boʻlib 8 soat maʼruza 16 soat amaliy mashgʻulot 16 soat seminar mashgʻulotlar va 80 soat mustaqil taʼlim va mustaqil ish rejalashtirilgan.

Sogʻlom turmush tarzining noaʼanaviy usullari fani 4 ta kichik moduldan yaʼni bir modul ( sogʻlom turmush tarzi uchun taym menedjment ) 2 modul (Raqamli minimalizm:onlayn hayotni soddalashtirish va tartibga kelitirish uslubi ) 3 modul ( Sogʻlom tarzi uchun mobil ilovalar) 4 modul (Workout-koʻcha fitnesi ) dan iborat boʻlib har bir mavzu modul talablari asosida maʼruza amaliy , seminar va mustaqil taʼlim hajmi va mazmuni , tegishli ballar topshirish muddatlari shuningdek , baholash mezonlari hamda foydalaniladigan adabiyotlar roʻyxatini oʻz ichiga oladi 
Sogʻlom turmush tarzining noaʼanaviy usullari fani sport turlarining nazariy hamda amaliy bilim va koʻnikmalarini shakllantirishga , rivojlantirishga yoʻnaltirilgan. Amaliy mashgʻulotlar turnikda tortilish ,oʻtirib turish , tanani bukish, koʻprik xosil qilish , qoʻllarga tayangan holda turish, Workout boʻyicha normativlarni topshirish. Amaliy mashgʻulotlarda asosan stadion , sport zal va katta kengliklardan amaliy jarayon asosida oʻtkaziladi.
Sogʻlom turmush tarzining noaʼanaviy usullari boʻyicha Yoga tadbiri universitet sport saroyida va “Fayoztepa” yodgorliklarida boʻlib oʻtdi.

Yoga kunida ishtirok etgan talabalarga estalik sovgʻalari topshirildi. Ushbu tadbirda Xalqaro hamkorlik prorektori Xoshimxoʻjayeva Moxiruh Muzaffarovna ham ishtirok etib, talabalarga yoga bilan shugʻullanish qanchalik ruhiy va jismoniy foydali yekanligi toʻgʻrisida soʻzlab, Professor Chander Shekharning gaplarini tasdiqladi va ushbu soʻzlardan keyin taqdirlash marosimi boʻlib Professor Chander Shekhar yoga ishtirokchilariga sovgʻalar va Moxiruh Muzaffarovnaga yesa yoga qoʻllanmasini taqdi etdi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Surxondaryo viloyati prokurori B.Babadjanov boshchiligida Termiz davlat universitetida anjuman tashkil etildi.

  • 2025-01-30
  • 14

Ushbu universitet rektori A.Toshqulov, yuridik fakultet talabalari, prokuratura masʼullari va faxriylari hamda OAV vakillari ishtirok etgan tadbirda ilk bor viloyat prokuraturasi va universitet oʻrtasida yuridik kadrlarni tayyorlash

Batafsil

Termiz davlat universiteti Kimyo fakultetiga yangi dekan tayinlandi

  • 2025-01-30
  • 30

Bugun TerDU rektori huzurida Kimyo fakulteti mas’ullari professor o‘qituvchilari va ilmiy xodimlar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Batafsil

TerDUda 2024/2025 o‘quv yili qishki magistratura bosqichi bitiruvchi magistrlarining dissertatsiya himoyalari

  • 2025-01-30
  • 33

Ayni damda TerDUda 2024/2025 o‘quv yili qishki magistratura bosqichi bitiruvchi magistrlarining dissertatsiya himoyalari bo‘lib o‘tmoqda.

Batafsil