Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 avgustdagi “Kimyo va biologiya yoʻnalishlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4805-sonli, 2020 yil 7 maydagi “Matematika sohasida taʼlim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4708-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan eʼtiborga molik ishlar olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyat hokimligi, Termiz davlat universiteti va viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi hamkorligida viloyatdagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilari uchun kimyo, biologiya, fizika, matematika va ingiliz tili fanlaridan “Surxon iqtidorlari” olimpiadasi o’tkazilmoqda.
Olimpiada 2 turdan iborat:
I tur. Fan boʻyicha test savollari
II tur.Fan boʻyicha yozma ish savollari
Olimpiada ikki bosqichda bo’lib o’tadi:
1-bosqich – tuman bosqichi
2-bosqich – viloyat bosqichi
Joriy yilning 22-23-may kunlari mazkur olimpiadaning joylarda tuman bosqichi bo’lib o’tdi.
Xususan, Qumqo’rg’on tumanida matematika fanidan 94 nafar, fizika fanidan 46 nafar, biologiya fanidan 70 nafar, kimyo fanidan 49 nafar, ingliz tili fanidan 68 nafar oʻquvchilar, jami 327 nafar oʻquvchilar ishtirok etishdi.
Jarqoʻrgʻon va Denov tumanida ham olimpiada oʻtkazishda ijobiy ishlar amalga oshirildi. Denov tumandagi matematika fani chuqur oʻrgatiladigan 11-ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan olimpiadada tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan 240 nafar oʻquvchi yoshlar ishtirok etdilar.
Barcha tumanlarda kimyo, biologiya, fizika, matematika va ingliz tili fanlaridan 1-2-3-oʻrinni egallagan oʻquvchilar olimpiadaning viloyat vosqichiga ishtirok etish imkoniyatlarini qoʻlga kiritdilar.
Ikkinchi bosqich 2021 yilning 29-30 may kunlari Termiz davlat universitetida bo’lib o’tadi va viloyat bosqichidagi gʻoliblar har bir fan boʻyicha quyidagicha taqdirlanadi.
1-oʻrin Viloyat hokimining sovgʻasi (3 000 000 soʻm);
2-oʻrin TerDU rektorining sovgʻasi (2 000 000 soʻm);
3-oʻrin Viloyat Xalq talimi boshqarmasi boshligʻining sovgʻasi (1 000 000 soʻm)
Olingan ragʻbat ilm ahlining keyingi izlanishlari uchun muhim investitsiya sanaladi.
Zero, eng yaxshi investitsiya bu –ilmga tikilgan investitsiyadir.
Termiz davlat universiteti Matbuot xizmati