TerDU da qirq yettinchi bor talabalarning ilmiy-amaliy anjumani oʻtkazildi

Mamlakatimizda yoshlarning iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda. Bunda albatta, oʻtkazilayotgan turli koʻrik-tanlovlar, musobaqalar va konferensiyalarning oʻrni muhim sanaladi.

Shu sababli Termiz davlat universitetida uzoq yillardan buyon talabalar oʻrtasida anʼanaviy ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazilib kelinmoqda. Joriy yil 47-bor oʻtkazilayotgan mazkur anjuman 40 ta shoʻbada ish olib borib, unda 800 nafardan ortiq talabalar ishtirok etishdi.

Talabalarning 2020-yilda olib borgan ilmiy-ijodiy izlanishlari va tadqiqotlari natijalarini keng targʻib etish, ularning ilm-fan rivoji yoʻlida munosib avlod boʻlishdek ezgu intilishlarini ragʻbatlantirish va qoʻllab-quvvatlash, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan konferensiyani universitet rektori A.Maraximov kirish soʻzi bilan ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi.

Konferensiya shoʻbalar boʻyicha ish olib bordi, ularda magistr va bakalavr bosqichida ta’lim oluvchi talabalar turli mavzulardagi maʼruzalari bilan faol ishtirok etishdi. Sohani yanada rivojlantirish istiqbollari, oldinda turgan dolzarb vazifalar haqidagi fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdilar.

2 kun davom etgan konferensiyada ilm-fanga oid yangiliklar, muammo va takliflar oʻrtaga tashlandi. Konferensiya bahs va munozaralar koʻtarilgan mavzularga oid ilmiy xulosalar, taklif va mulohazalarga boy bo’ldi.

Har bir shoʻba ishidan eng dolzarb mavzularda taqdim etilgan tezis va maqolar orasidan mutaxassislar tomonidan munosib baholandi.

Yildan yilga nufuzi oshib borayotgan mazkur anjuman yangidan-yangi ilm-fan yoʻliga qadam qoʻygan iqtidor egalarini kashf etishga xizmat qilmoqda.

Termiz davlat universiteti Matbuot xizmati

Foydali Havolalar

Yangiliklar

“Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni”

  • 2024-10-17
  • 36

Termiz shahri “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanga mezbonlik qilayotganidan xabaringiz bor.

Batafsil

Termiz davlat universiteti bitiruvchi kurs talabalari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi

  • 2024-10-17
  • 16

Salohiyatli, iqtidorli yosh kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga jalb qilish, IHMA faoliyati bilan yaqindan tanishtirish imkonini bergan tadbirda talabalarga "Keys menejment” faoliyati yoritilgan videorolik namoyish etildi.

Batafsil

 TerDU talabalari zoom dasturi orqali “Oʻzbekiston kelajagi savodxon yoshlar qoʻlida” shiori ostidagi “Ommaviy diktant” aksiyasida ishtirok etishdi

  • 2024-10-16
  • 58

Bu tadbir Oʻzbek tilining ijtimoiy mavqeyini yanada mustahkamlash va yozma savodxonlikni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat

Batafsil