Termiz davlat universiteti Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi o’qituvchisi Choriyeva Nargiza Mamarajabovnaning 2021 yil 19 may kuni Oʻzbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.B.01.13 raqamli Ilmiy kengashda 03.00.02 – Biofizika va radiobiologiya ixtisosligi boʻyicha “Eritrotsit va limfotsitlardagi membrana jarayonlarining gossipol va uning hosilalari taʼsiridagi modulyatsiyasi” mavzusidagi biologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz!

Universitet jamoasi nomidan Nargiza Mamarajabovnani ushbu yutug'i bilan qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo'lida muvaffaqiyat tilaymiz.
Universitetimiz olimalarining safi kengayaversin!