Davlatimiz rahbari raisligida chet tillarni o'qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida tizimdagi muammolar atroflicha tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilangan edi. Termiz davlat universitetida ham mazkur videoselektorda berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Termiz davlat universiteti va Kingsford o’quv markazi hamkorligida ingliz tilini o’qitish bo’yicha “IELTS va GENERAL ENGLISH” seminari bo’lib o’tdi. Seminar Polsha, Xitoy va O’zbekistonda jami 10 yillik o’qitish tajribasiga ega mutaxassis Feruz Akbarov tomonidan olib borildi.

Ingliz tilini o‘rganish va o‘qitish, ingliz tilini o’rganishda qo‘llaniladigan yangi innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish, ingliz tilini o‘qitish tizimini rivojlantirish bo’yicha mahorat darsi bo’lib o’tdi.
Seminar davomida ishtirokchi talabalarni yanada qiziqtirish maqsadida ingliz tilida olgan bilimlarni mustahkamlovchi turli xil interfaol o’yinlardan foydalanildi.

Seminar davomida faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sovg'alari tadqdim etildi.

Bugungi kunda ilm-fanga qaratilayotgan eʼtibor, yosh avlodning kelajakda yurtimiz ravnaqi yoʻlida fidokorona hissa qo'shadigan kadrlar boʻlib yetishishida xizmat qiladi.
