O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi «Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-92-sonli qaroriga asosan, Termiz davlat universitetida bajarilayotgan ishlar to‘g‘risida
MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvardagi «Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-92-sonli qaroriga asosan, Termiz davlat universitetiga Termiz shahrida joylashgan jami 12 ta:
Tuproqqo‘rg‘on, Gulira’no, Mehriobod, O‘zbekiston, Bo‘g‘ishamol, Bog‘zor, Shodlik, Alpomish, Jayxun, Abdulla Avloniy, Bo’ston, Alisher Navoiy kabi mahallalar biriktirilgan bo‘lib, ushbu hududlarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”da turuvchi fuqarolar bilan ishlash uchun alohida harakatlar rejasi tuzilgan bo‘lib, universitet tomonidan doimiy ravishda samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti jamoasi tomonidan 2021 yil davomida “Bir ziyoli - bir mahallaga ma'naviy homiy” shiori ostida amalga oshirilgan ishlar to’g’risida
1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan “Bir mahallaga bir ziyoli – ma’naviy homiy” tamoyili asosida univesritet rektori topshirig’i bilan Iqtisodiyot va turizm fakulteti jamoasi Termiz shaxridagi Bog’zor mahallasiga biriktirildi. Mahallani o’rganish jarayonida quyidagilar aniqlandi:
Jami aholi soni – 5450 nafar
Yoshlarning jami soni – 2897 nafar
Shundan 18-30 yoshdagilar soni – 455 nafar
Shundan uyushmagan (band bo’lmagan) yoshlar soni – 23 nafar
«Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar soni – 146 nafar
«Yoshlar daftari»dan chiqarilgan yoshlar soni – 56 nafar
“Temir daftar”da 10 ta oila ro’yxatda turadi
Boquvchisini yo’qotgan oilalar soni - 11
Yolg’iz onalar/otalar soni - 9
Yolg’iz keksalar soni - 3
Kam ta’minlangan oilalar soni - 10
2 yoshgacha nafaqa oluvchilar oilalar soni - 20
14 yoshgacha nafaqa oluvchilar oilalar soni - 18
moddiy yordam oluvchilar soni – 8
Nogironligi bo’lgan shaxslar soni – 45 nafar
2. Uyushmagan yoshlar bilan muntazam ishlash uchun quyidagicha namunali talabalar, professor o’qituvchilar va nuroniylar jalb etildi:
17 nafar talaba
12 nafar professor-o’qituvchi
2 nafar nuroniy
3. 2021 yil 19 may sanasida Iqtisodiyot va turizm fakulteti jamoasi o’ziga biriktirilgan Bog’zor mahallasida yashovchi "Temir daftar"ga kiritilgan Boychibor ko’chasi 2/1 uyda yashovchi 1943 yilda tug’ilgan Jumaev Qurbon hamda Marjon ko’chasi 19/5-uyda istiqomat qiluvchi 1981 yilda tugilgan Shaymanov Utkir Maxamovichlarning xolidan xabar oldilar.
4. 2021 yil 21 may kuni Termiz shahar “Muz saroyi” atrofidagi “Bog’zor”MFYga qarashli Obod yurt ko’chasida joylashgan xonadonlarga mahallaga biriktirilgan ishchi guruh bilan kirilib, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash maqsadida aholi bilan suhbat o’tkazildi, ularning oilaviy sharoiti va muammolari o’rganildi:
Obod yurt ko’chasi 8-uyda yashovchi fuqaro Quvvatov Umbar
Obod yurt ko’chasi 10 uyda yashovchi yog’iz ona Saparova Muxayyoga oziq-ovqat mahsulotlari berildi
5. 2021 yil 21 may kuni Iqtisodiyot va menejment kafedrasi o’qituvchilari N.Qo’zieva, Z.Xudoyarova va Sh.Raxmatovalar tomonidan boquvchisini yo’qotgan fuqarolar xolidan xabar olinib oziq - ovqat mahsulotlari berildi, bular:
M.Koshgariy ko’chasida yashovchi boquvchisini yo’qotgan fuqaro Isoqova Nurxon; Marjon ko’chasida yashovchi fuqaro Asanova Dilyara hamda Avesto ko’chasi 24 uyda yashovchi fuqaro To’raeva Navro’za
6. 2021 yil 3 iyunda Termiz shaxar Bog’zor mahallasida joylashgan 10-MTT da Turizm ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabasi Ashurova Maftuna bolajonlarga ingliz tilini o’rgatish maqsadida master—klass o’tib berdi. MTT raxbariyati bilan har hafta payshanba kuni ingliz tili to’garagi tashkil etish bo’yicha kelishib olindi.
7. 2021 yil 3 iyunda Surxon sport majmuasida Termiz shaxar maxallalar у́rtasida Sog’lom turmush tarzini keng tadg’ib etish va uyushmagan yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli у́tkazish maqsadida "Sport bilan og’usiz xayot sari" shiori ostida у́tkazilgan Yengil atletika sport musaboqasida Bog’zor mahallasining bir qator yoshlaridan iborat jamoa ishtiroki ta’minlandi.
8. 2021 yil 4 iyunda Moliya kafedrasi professor-o’qituvchilari O.Maxmudov va M.Turanovlar Termiz shahar Bog’zor mahallasi uyushmagan yoshlari, Temir daftar, Yoshlar daftari, Ayollar daftari ro’yxatida turuvchilar o’rtasida karantin talablari asosida ochiq osmon ostida «Tadbirkorlik asoslari» bo’yicha targ’ibot tadbiri tashkil etilib, ularni fakultetda tashkil etilgan o’quv kursiga taklif etildi.
9. 2021 yilning 7 iyun sanasida Iqtisodiyot va turizm fakultetiga biriktirilgan Termiz shaxridagi Bog’zor mahallasida "Bir mahallaga bir ziyoli - ma’naviy homiy!" shiori ostida mahalla aholisining 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan fuqarolari o’rtasida yoshlar oyligi munosabati bilan kontser dasturi tashkil etildi. Mazkur tadbirdan mahalla aholisi xursand bo’lishdi.
10. Mahallada jami 10 ta oila “Temir daftar” da ro’yxatga olingan bo’lib, ularning xolidan doimiy xabar olinib turildi.
Ro’zg’or uchun oziq-ovqatlar
Farzandlari uchun o’quv qurolllari kabi yordamlar berib borildi
Termiz davlat universiteti “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi o‘qituvchisi Nurmatov Norbek Jo’rayevichning Termiz shahri “Bog‘zor” mahallasida tashkil etgan ma’naviy-ma’rifiy tadbiri
Termiz shahri 21.01.2022-yil Qatnashdilar: Termiz davlat universiteti “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi o‘qituvchisi Nurmatov Norbek Jo’rayevich va mahalla raisi T.T.Abramatov, obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari A.E.Hayitmurodov, uchastka noziri D.Esonov hamda mahalla fuqarolari.
2022 yil 21 yanvar kuni Termiz davlat universiteti “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi o‘qituvchisi Nurmatov Norbek Jo’rayevich Termiz shahri Bog‘zor mahallasiga tashrif buyurib, mahalla fuqarolari bilan Yangi O‘zbekiston strategiyasi haqida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etdi.
Ushbu tadbir mahalla hududiga yaqin joylashgan 1-umumiy o’rta ta’lim maktabida tashkil etilib, unda N.J.Nurmatov tadbir qatnashchilariga Yangi O‘zbekiston strategiyasi haqida batafsil ma’lumotlar berdi.
Ma’ruzachi o‘z so‘zida xalqimizning orzu-niyatlari, ezgu umidlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida: yurtimizda tinchlik va barqarorlikni saqlash, fuqarolar va millatlar o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, xalqimizning ma’naviy dunyosini yanada yuksaltirish, O‘zbekistonda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir vatandoshimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya etish, kafolatli daromad manbai, tibbiy xizmatlar va uy-joy, sifatli ta’lim bilan ta’minlash; kambag‘allikni qisqartirish va ehtiyojmand aholini ijtimoiy muhofaza qilish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzini oshirishga qaratilgan “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” ishlab chiqilganligini aytib o‘tdi. N.J.Nurmatov “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”ning mazmun va mohiyati bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirib o‘tdi.
Tadbir qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va ma’ruzachi ushbu savollarga batafsil javoblar berib o‘tdi.
Tadbir yakunida mahalla fuqarolari Termiz davlat universiteti “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi o‘qituvchisi N.J.Nurmatovga o’z minnatdorchiligini bildirishdi va bu kabi tadbirlarni doimiy tarzda o’tkazib turish mahalla aholisining ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yuksalishida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar. Termiz davlat universiteti “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Termiz shahar “Bog‘zor” mahallasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.
Termiz shahar “Bog‘zor”
mahallasi raisi: Abramatov T.
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
KIMYO FAKULTETI
“MAHALLABAY” ISHLASH BOʻYICHA KIMYO FAKULTETIGA BIRIKTIRILGAN “TUPROQQOʻRGʻON” MAHALLASIDA OLIB BORILGAN ISHLAR BOʻYICHA
Termiz shahridagi Tuproqqoʻrgʻon mahallada yashovchi toʻgaraklarga qatnashish
istagini bildirgan uyushmagan yoshlar roʻyxati
Uyushmagan yoshlar va oʻquvchilar bilan suhbatlar tashkil qilindi va kerakli toʻgaraklarga jalb qilindi
Mahallada hech kimi yoʻq, yolgʻiz oʻzi yashaydigan fuqoralar xolidan doimiy xabar olinmoqda
Mahallada yashovchi keksa nogiron Ortiqova Xolida ayaning holidan xabar olindi
Mahallada yashovchi bemor fuqoralarga kerakli tibbiy yordam berish ishlari doimiy yoʻlga qoʻyilgan
Rudakiy 5b/6 uyda yashovchi fukaro 1 gurux nogironi Gulmatova Basanda xolidan xabar olindi, kerakli tibbiy yordam va maslahatlar berildi.
Rudakiy 5/15uyda yashovchi fukaro Ergasheva Dilorom xolidan xabar olindi muammolari oʻrganildi, tegishli choralar koʻrildi
Tuprokkurgon maxallasi Rudakiy kuchasi 5uy yotokxona yashovchi fukarolorning muammolari oʻrganildi va bartaraf etish uchun tegishli sʼul tashkilot xodimlariga topshiriq berildi.
Fuqoralarga tibbiy yordam koʻrsatish ishlari tashkil qilindi
Tuproqqoʻrgʻon mahallasi Rudakiy koʻchasi 12-uy atrofida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
Tuproqqoʻrgʻon mahallasi Dilnavo koʻchasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
Tuproqqoʻrgʻon mahallasi Denov koʻchasi 53-uy hovlisida suv quvuri yorilganligi aniqlandi va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun masʼul tashkilot xodimlariga topshiriq berildi.
Tuproqqoʻrgʻon mahallasi Boboqoʻrgʻon koʻchasidagi 11-uy yonidagi koʻchaning oldingi holati oʻrganildi va mutasaddi tashkilotlar chaqirtirilib taʼmirlash ishlari boshlandi.
Tuproqqoʻrgʻon mahallasi Boboqoʻrgʻon koʻchasidagi 11-uy yonidagi koʻchaning taʼmirlanayotgan jarayoni
Tuproqqoʻrgʻon mahallasi Boboqoʻrgʻon koʻchasidagi 11-uy yonidagi koʻchaning taʼmirlangandan keyingi koʻrinishi
Tuproqqoʻrgʻon mahallasi Rudakiy koʻchasi 12-uy atrofida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Tuproqqoʻrgʻon mahallasi Dilnavo koʻchasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
A. Navoiy36a/3 xonadon Bekmurodova.A uy ichidan gaz sizib chikishi aniklandi va bartaraf kilindi
Dilnova koʻchasidagi 2, 4,6, 12, 14, 16 uylarning kanalizatsiyasi tozalash uchun mutassaddi tashkilot chaqirildi va tozalash ishlari amalga oshirildi.
Termiz Davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti rahbariyati va Tyutorlari tomonidan Termiz shahar,, Bog’ishamol’’ mahallasi ,, Baxtli kelajak ’’ ko’chasi 11-uyda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoya muxtoj Ravshanov Xursan bobo xonodonida.
,,KEKSASI BOR UYNING FARISHTASI BOR”shiori ostida bo’lib o’tgan hayriya tadbiri
14.10.2022 y Termiz shahri
Qatnashdilar: Termiz Davlat universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti rahbariyati va Tyutorlari
Termiz shahar Bog’ishamol mahallasi raisi
Boyqulova Pardaxol Xurramovna
Bog’ishamol mahallasi raisining tomarqa
xo’jaliklari bo’yicha o’rinbosari
Qodirova Fotima Omonovna
Kun tartibi:
1. “Keksasi bor uyning farishtasi bor ’’shiori ostida keksalarni e’zozlash maqsadida hayriya tadbiri haqida .
Tadbirni Termiz shahar Bog’ishamol mahallasi raisi P.Boyqulova kirish soʻzi bilan ochib, ushbu tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad munosabati bilan o’tgazilayotgan bu kabi tadbirlar mahallamizda ijtimoiy himoyaga muxtoj olilalar holidan xabar olish hamda ularni kemtik ko’ngillarini ko’tarish maqsadida ko’plab bunday xayrli ishlarni davom ettirish kerakligi haqida gapirdi xususan Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Tyutorlari hamda Bog’ishamol mahallasi faollari Baxtli kelajak ’’ ko’chasi 11-uyda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoya muxtoj Ravshanov Xursan bobo xonadoniga tashrif buyurib ushbu ximoyaga muhtoj oilaga sovg’a salomlar va kerakli oziq ovqat mahsulotlari ulashildi undan so’ng Bog’ishamol mahallasiga biriktirilgan xokim o’rinbosariga so’z berildi.
soʻzi: Ijtimoiy himoyaga Muxtoj oilalar holidan xabar olish munosabati bilan o’tgazilgan bu kabi xayrli ishlarni tashkil qilgan Termiz Davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib fakultet bilan mahalla o’rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirib bu kabi tadbirlarni ko’plab tashkil etish haqida kelishib olindi xususan mahallaning Baxtli kelajak ’’ ko’chasi 11-uyda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoya muxtoj Xaqberdiyev Jasur xonadoni haqiqatdan ham kam taminlangan oilalar ro’yhatiga turadi va xonadonda ko’p sonli fuqarolar istiqomat qiladi
Shundan soʻng Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti tyutori S.Ro’ziyevaga so’z berildi biz fakultet jamoasi va ko’nglli talabalari Bog’ishamol mahallasidagi ana shunday oilalar xolidan xabar olib davra suhbatlar o’tgazib hamkorlikni yo’lga qo’yamiz deb o’z so’zida davom etdi va fakultet tyutorlari Ravshanov Xursan bobo bilan suhbatlashishdi.
Termiz Davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti rahbariyati va Tyutorlari tomonidan Termiz shahar,, Bog’ishamol’’ mahallasi ,, Baxtli kelajak ’’ ko’chasi 11-uyda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoya muxtoj Xaqberdiyev Jasurning xonodonida.
,,MEHR ULASHISH’’maqsadida tadbir
21.01.2022 y Termiz shahri
Qatnashdilar: Termiz Davlat universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti rahbariyati va Tyutorlari
Termiz shahar Bog’ishamol mahallasi raisi
Boyqulova Pardaxol Xurramovna
Bog’ishamol mahallasi raisining tomarqa
xo’jaliklari bo’yicha o’rinbosari
Qodirova Fotima Omonovna
Kun tartibi:
1. “MEHR ULASHISH’’mavzusida tadbir
Tadbirni Termiz shahar Bog’ishamol mahallasi raisi P.Boyqulova kirish soʻzi bilan ochib, ushbu tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad munosabati bilan o’tgazilayotgan bu kabi tadbirlar mahallamizda ijtimoiy himoyaga muxtoj olilalar holidan xabar olish hamda ularni kemtik ko’ngillarini ko’tarish maqsadida ko’plab bunday xayrli ishlarni davom ettirish kerakligi haqida gapirdi xususan Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Tyutorlari hamda Bog’ishamol mahallasi faollari Baxtli kelajak ’’ ko’chasi 11-uyda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoya muxtoj Xaqberdiyev Jasur xonadoniga tashrif buyurib ushbu ximoyaga muhtoj oilaga sovg’a salomlar va kerakli oziq ovqat mahsulotlari ulashildi undan so’ng Bog’ishamol mahallasiga biriktirilgan xokim o’rinbosariga so’z berildi.
soʻzi: Ijtimoiy himoyaga Muxtoj oilalar holidan xabar olish munosabati bilan o’tgazilgan bu kabi xayrli ishlarni tashkil qilgan Termiz Davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti rahbariyatiga minnatdorchilik bildirib fakultet bilan mahalla o’rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirib bu kabi tadbirlarni ko’plab tashkil etish haqida kelishib olindi xususan mahallaning Baxtli kelajak ’’ ko’chasi 11-uyda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoya muxtoj Xaqberdiyev Jasur xonadoni haqiqatdan ham kam taminlangan oilalar ro’yhatiga turadi va xonadonda ko’p sonli fuqarolar istiqomat qiladi
Shundan soʻng Termiz davlat universiteti Tabiiy fanlar fakulteti tyutori Allamurodov Ergash Xolmamatovichga so’z berildi biz fakultet jamoasi va ko’nglli talabalari Bog’ishamol mahallasidagi ana shunday oilalar xolidan xabar olib davra suhbatlar o’tgazib hamkorlikni yo’lga qo’yamiz deb o’z so’zida davom etdi va fakultet tyutorlari Xaqberdiyev Jasur bilan suhbatlashishdi.