TerDU da tahsil olayotgan afg’onistonlik talabalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Hozirgi kunda Termiz davlat universitetida Afg‘onistonning 158 nafar fuqarosi magistratura bosqichining Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi, Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili), Adabiyotshunoslik: oʻzbek adabiyoti, Tarix, Lingvistika: oʻzbek tili, Lingvistika: ingliz tili, Matematika (yoʻnalishlar boʻyicha), Biologiya (fan yoʻnalishi boʻyicha), Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), Adabiyotshunoslik: oʻzbek adabiyoti yo’nalishlarida ta’lim olishmoqda.

Oliygohning O’quv ishlari bo`yicha prorektor R.To'rayev va Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo`yicha prorektor A. Sattarovlar ishtirokida TerDU da tahsil olayotgan afg’onistonlik talabalar bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda magistrlik dissertatsiyasi tayyorlash, o’quv jarayonlari to’g’risidagi fikrlari, ilmiy maqola va tesizlar yozishdagi duch kelayotgan muammolar va takliflari tinglandi.

Foydali Havolalar

Yangiliklar

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi — malakali huquqshunoslar tayyorlashning muhim omili

  • 2026-07-25
  • 38

Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetining 1-kurs qo‘shma ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari o‘quv-amaliyot jarayonlarida faol ishtirok etib, auditoriyada egallagan nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlashmoqda.

Batafsil

TerDUda innovatsiya va startap g'oyalari qo'llab-quvvatlanmoqda

  • 2026-07-24
  • 52

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida "Innovatsiya va startaplar festivali" bo'lib o'tdi. Festival davomida yoshlarning istiqbolli startap loyihalari taqdim etilib, eng yaxshi tashabbuslar munosib taqdirlandi.

Batafsil

TerDU talabasi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori!

  • 2026-07-24
  • 38

Termiz davlat universiteti Milliy libos va san'at fakulteti 2-bosqich talabasi Abdulazizova Mubina 2026-yilgi Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida "Dastgohli rangtasvir" yo'nalishi bo'yicha g'olib deb topildi.

Batafsil