O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan "Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" shiori ostida Respublika targ‘ibot guruhi tomonidan viloyatimizda madaniy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Termiz davlat universitetining Pedagogika institutida o‘tkazilgan "Bir ziyoli – bir mahallaga ma'naviy homiy" mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy seminarda Termiz shahridagi 37 ta mahalla fuqarolari yig‘inlarining raislari, faollari, oliy ta'lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Seminarda so‘zga chiqqanlar o‘z ma'ruzalarida mamlakatimizda yoshlarda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga dahldorlik hissini kuchaytirish, yoshlar, ayollarni ijtimoiy holatini yaxshilash, o‘quvchilarni oliy ta’limga, kitobxonlikka qiziqishini oshirish bo‘yicha to‘xtalib o‘tdilar hamda berilgan savollarga javob berdilar.
.jpg)