2021-yilning 6-may sanasida Termiz davlat universiteti Yuridik fakultetida “Inson xotirasi – muqaddas, inson qadri – ulugʻ” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma’noga egadir. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashishlarda qatnashgan, o‘z Vatanini himoya qilishda joniga fido qilgan milliy qahramonlarimizni ruhini shod etib eslash ham farz ham qarzdir.

Insoniyat ikkinchi jahon urushida qatnashgan, bu ayovsiz jangu jadalda qahramonlarcha halok bo‘lganlar xotirasini aslo unutmaydi. Aynan shu maqsadga erishish yo‘lida Vatanimizning ertangi kuni, kelajagi bo‘lmish, bizning tayanchimiz va suyanchimiz bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash, farzandlarimizga zamonaviy bilim berish va ularni haqiqatan ham hal qiluvchi kuchga aylantirish eng ustuvor vazifamiz ekanini hech qachon unutmasligimiz darkor.
Kechagi kun saboqlarini, xalqimiz kelajagi yoʻlida jonini fido qilgan insonlarni xotirlash bugungi va ertangi kunimizni qadrlashga oʻrgatadi.