Xorijiy filologiya fakulteti

1,454 Views

 Xorijiy filologiya fakulteti tarixi

Xorijiy filologiya fakulteti 1968 yilda tashkil etilgan boʻlib, 1975 yili Tarix fakulteti bilan birlashtirilib Filologiya va Tarix fakulteti nomi bilan yuritilgan. 1991 yildan 2005 yilgacha yana Chet tillar fakulteti alohida fakultet sifati faoliyat yuritgan. 2005 yili Oʻzbek filologiyasi, Rus tili va adabiyoti hamda Chet tillari fakultetlari asosida Filologiya fakulteti tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunda belgilangan maqsad va vazifalaridan kelib chiqib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentini 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni oʻrganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-1875 sonli Qarorga tayangan holda Chet tillar fakulteti deb qaytadan nomlandi.  

Olliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining  2018 yil 28 avgust oyidagi buyrugʻiga koʻra Termiz davlat universiteti Chet tillar fakulteti  Xorijiy filologiya va Rus filologiyasi  fakeltetlarga ajraldi. Xorijiy filologiya fakulteti tarkibida “Ingliz tili va adabiyoti”, “Ingliz tili  oʻqitish metodikasi”, “Nemis tili va adabiyoti” va “Fakultetlararo chet tili” kafedralari faoliyat yuritib kelmoqda.

Fakultet dekanlari

  • 1968-1991 yillar dots. Jabborov;
  • 1992-1993 yillar Y.Raxmonov;
  • 1994-2000 yillar dots. M.Ashurov;
  • 2000-2005 yillar dots. S.Krivonos;
  • 2005-2012 yillar f.f.d., prof. D.S.Qulmamatov;
  • 2012-2014 yillar f.n. Oʻ.J.Esanov;
  • 2015-yil yanvardan dekabrgacha f.f.d. P.Oʻ.Bakirov;
  • 2016-yil yanvardan sentabrgachaJumayev
  • 2016 -2018 yillar f.d. P.Oʻ.Bakirov;
  • 2018-yil noyabr oyidan boshlab E.M. Davlatova

 Fakultet maʼmuriyati:

Xorijiy filologiya fakulteti dekani

 

Fakultet kafedralari:

  • Ingliz tili va adabiyoti
  • Nemis tili va adabiyoti
  • Ingliz tili oʻqitish metodikasi
  • Fakultetlararo chet tilli

Fakultet taʼlim yoʻnalishlari:

Bakalavrlar:

  • 5120112 –filologiya tillarni oʻqitish: ingliz tili
  • 5111400 –xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
  • 5111400 –xorijiy tillar va adabiyoti: nemis tili

Magistraturalar:

  • 5A 111401 – xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili

FAKULTET HAYOTIDAN FOTO LAVHALAR

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support