Trulli Trulli Trulli

Xodimlar bo’limi

Снимок

KADRLAR BOʻLIMINING FAOLIYATI VA VAZIFALARI

  1. Umumiy qoidalar
  2. Termiz davlat universitetining Kadrlar boʻlimi yagona kadrlar siyosati shakllantirilishi va amalga oshirilishini taʼminlovchi mustaqil tarkibiy boʻlinma hisoblanadi.

Kadrlar boʻlimi universitet rektoriga boʻysunadi.

  1. Boʻlim oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va farmoyishlariga, boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga, yoʻriqnomalarga, shuningdek, universitet Ustavi va Nizomiga, universitet rektorining buyruqlari va farmoyishlariga tayanadi.
  2. Boʻlim oʻz faoliyatini tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari bilan hamjihatlikda amalga oshiradi, inson resurslarini boshqarishning asosiy vazifasi – ulardan foydalanish samaradorligini oshirish masalasi hal etilishi uchun javobgardir.
  3. Asosiy vazifalari
  4. Boʻlimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

– kadrlar taʼminoti, universitet xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning professional darajasini oshirish sohasida yagona siyosat ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

– rahbarlik lavozimlariga koʻtarish uchun kadrlar rezervini shakllantirish va tayyorlash;

– universitet tuzilmasini va shtatini maqbullashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda qatnashish;

– xodimlar bilan ishlashda mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining meʼyorlariga rioya etilishini taʼminlash;

– universitet xodimlarining ish qobiliyatini oshirish maqsadida ishlash uchun normal shart-sharoit yaratish va jamoada sogʻlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni saqlab turish;

– kadrlar ishiga oid yangi usullar va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish, kadrlarga doir hujjatlarni standartlash va unifikatsiyalash, axborot-texnologik vositalarni qoʻllash asosida xodimlarni boshqarish jarayonlarini takomillashtirish.

III. Boʻlimning funksiyalari

  1. Boʻlim oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq, quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

– amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, universitet xodimlari tanlanishi va joy-joyiga qoʻyilishini taʼminlash;

– universitet boʻlimlaridagi kadrlar bilan bogʻliq vaziyat dinamikasini muntazam tahlil qilib borish, undagi oʻzgarishlarni prognozlash;

– Xodimlarning amaliy va professional sifatlarini oʻrganish, ularning professional va lavozim pogʻonalarida oʻsishini rejalashtirish;

– boshqaruvning barcha darajalari uchun taʼsirchan kadrlar rezervini yaratish va uni aniq maqsadli tayyorlab borish; kadrlar rezervi rahbarlik lavozimlariga oʻtishga tayyorligini davriy ravishda baholash;

– xodimlar attestatsiyadan oʻtkazilishini tashkil etish, attestatsiya yakunlarini tahlil qilish, tegishli hujjatlar hamda buyruqlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;

– universitet xodimlarini ishga qabul qilish, boshqa ishga oʻtkazish va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida takliflar tayyorlab, koʻrib chiqish uchun rahbariyatga taqdim etish;

– xodimlarning zarur malaka darajasini saqlab turish, kadrlarni oʻqitish hamda malakasini oshirishning uzluksiz tizimini yaratish va ularning samarali ishlashini taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda rahbariyatga taqdim etish;

– universitet uchun kadrlar tayyorlash maqsadida, oliy oʻquv yurtlari va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik qilishini taʼminlash;

– ishga yangi qabul qilingan xodimlar umumiy va professional koʻnikishi borasidagi ishlarni olib borish, kadrlar qoʻnimsizligi sabablarini oʻrganish, kadrlarni barqarorlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

– moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirishning amaldagi chora-tadbirlari samaradorligini tahlil qilish, ular xodimlarning mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishga taʼsirini kuchaytirish yuzasidan takliflar hamda tavsiyalar kiritish, ragʻbatlantirishning yangi turlarini ishlab chiqish;

– zamonaviy axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalangan holda kadrlarni boshqarish usullarini joriy etish;

– kadrlar shaxsiy tarkibining shaxsiy va statistik hisobini yuritish hamda belgilangan hisobotlarni tayyorlash;

– xodimlarning mehnat daftarchalari, shaxsiy yigʻmajildlari, kartoteka va boshqa hisobga olish materiallarini yuritish hamda saqlash;

– kadrlarga oid va ijtimoiy masalalarni hal etishda universitetning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlariga maslahatlar hamda metodik yordam berish;

– universitet boʻlinmalarida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish va tarbiyalash masalalarida Oʻzbekiston Respublikasining mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;

– universitet boʻlinmalarining rahbarlari bilan birgalikda chet elga xizmat safarlariga yuborish uchun nomzodlarni tanlash va bu xodimlarni rasmiylashtirish, xizmat safariga yuboriladigan mutaxassislar hisobini yuritish;

– xodimlarning xizmat safarlari boʻyicha buyruqlar tayyorlash, xizmat safari guvohnomalarini rasmiylashtirish va berish;

– mehnat taʼtillaridan oʻz vaqtida foydalanilishini nazorat qilish, belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;

– amaliy ishda alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlar, shuningdek yubilyarlarni davlat mukofotlari, faxriy yorliqlar, mukofotlar bilan takdirlash hamda ular uchun ragʻbatlantirishning boshqa turlarini qoʻllash yuzasidan materiallarni belgilangan tartibda tayyorlash;

– universitet xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishga, mehnat uchun qulay shart-sharoit yaratish, dam olishni tashkil etish va ular salomatligini himoyalashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;

– belgilangan tartibda kasallik varaqalarini rasmiylashtirish, xodimlarga pensiyalar tayinlanishi munosabati bilan hujjatlarni tayyorlash;

– universitet boʻlinmalarida mehnat intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish, xodimlarning intizomiy javobgarligi masalalari boʻyicha koʻrib chiqish uchun takliflar tayyorlash;

– tasdiqlangan tartibga muvofiq, xodimlarga xizmat guvohnomalari va ruxsatnomalar rasmiylashtirilishi hamda berilishini tashkil etish;

– xodimlarning hozirgi va avvalgi mehnat faoliyati toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish;

– ishlayotgan xodimlarga va ishga kirayotgan shaxslarga maslahatlar berish, boʻlim vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan fuqarolarning xatlari va murojaatlarini koʻrib chiqish.

  1. Huquqlari
  2. Kadrlar boʻlimi xodimlari boʻlim zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish davomida kuyidagi hukuqlardan foydalanishlari mumkin:

– kadrlar bilan ishlash boʻyicha rejalar va dasturlarni ishlab chiqish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda universitetning tarkibiy boʻlinmalaridan soʻrash va olish;

– universitet boʻlinmalari mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga hamda kadrlar taʼminoti masalalari bilan bogʻliq meʼyoriy-huqukiy hujjatlarga qanday rioya etayotganligini nazorat qilish va tekshirish;

– qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etish, amaldagi mehnat qonunchiligi talablari bajarilishini taʼminlamagan yoki ular buzilishiga yoʻl qoʻygan rahbarlar va boshqa xodimlarni javobgarlikka tortish yuzasidan universitet rahbariyatiga takliflar berish;

– kadrlar bilan ishlash hamda universitet tuzilishi va shtatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan belgilangan tartibda raxbariyatga takliflar kiritish;

– universitet rahbariyati oʻtkazadigan yigʻilishlar va kengashlar ishida qatnashish;

– boʻlim ishi bilan bogʻliq masalalarni hal etish uchun universitetning boshqa tarkibiy boʻlinmalari mutaxassislarini jalb etish (tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlari bilan kelishgan holda).

  1. Ishlarni tashkil etish
  2. Boʻlim oʻz ishini universitet rahbariyati tasdiqlaydigan, istiqbol uchun ishlab chiqilgan hamda joriy rejalar asosida tashkil etadi.
  3. Boʻlimga universitet rektori tayinlaydigan boshliq rahbarlik qiladi. Boʻlim boshligʻi oʻz oʻrinbosariga ega boʻladi.
  4. Boʻlim boshlii:

– Boʻlim zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish ishlari puxta tashkil etilishini taʼminlaydi;

– Boʻlim zimmasiga yukangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi, shuningdek boʻlimda olib borilayotgan ishlarning sirini saqlash taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;

– Universitet xodimlarini ishga qabul qilish, boshqa ishga oʻtkazish va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari bilan kelishilgan takliflar kiritadi;

– Universitetning tarkibiy boʻlinmalari nomiga yuboriladigan, rahbariyat qarorlarini talab qilmaydigan xatlarni imzolaydi.

  1. Boʻlim xodimlarining xizmat vazifalari doirasi boʻlim boshligʻi tomonidan, boʻlim zimmasidagi vazifalardan kelib chiqqan xolda, belgilangan tartibda tasdiqlangan xizmatchilar lavozimlari malaka bildirgichlari va lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq belgilanadi.
  2. Boʻlimning tuzilishi va shtatlari soni belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
  3. Boʻlim oʻz nomi yozilgan dumaloq muhrga ega.

Boʻlim manzili: Termiz shahri, Barkamol avlod koʻchasi, 43-uy.

Page Reader Press Enter to Read Page Content Out Loud Press Enter to Pause or Restart Reading Page Content Out Loud Press Enter to Stop Reading Page Content Out Loud Screen Reader Support