TerDUda talaba yoshlarning “startup” loyihalar tanlovi boʼlib oʼtdi

2020-03-03 778 marta ko'rildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish deportamenti bilan hamkorlikda oʼtkazilayotgan Respublika oliy taʼlim muassasalarida talaba-yoshlarning “startup” loyihalar tanlovi Termiz davlat universitetida ham yuqori saviyada tashkil etildi. Unda turli sohalarga yoʼnaltirilgan innavatsion harakterdagi ishlanmalar va ilm-fanni ishlab chiqarishga yoʼnaltirishga xizmat qiladigan amaliy hamda fundamental loyihalar namoyish qilindi. Barcha fakulьtetlardan jami 100 ga yaqin loyiha mualliflari ishtirokidagi tadbirda 20 ta eng zoʼr ishlanmalarga korxona va tashkilotlar bilan shartnomalar imzolandi. Yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini roʼyobga chiqarish, ularning imkoniyatlarini yanada yaxshilash, innovatsion gʼoyalari va biznes loyihalarini qoʼllab-quvvatlashni koʼzlagan ushbu tanlov har jihatdan manfaatli kechdi.

Tadbir tashkilotchilari sifatida Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish deportamenti viloyat boshqarmasi mutassaddilarga universitet rahbariyati nomidan oʼz minnatdorchiligimizni bildiramiz.