TerDU: Ijod tafti

2020-03-03 98 marta ko'rildi.

 
Termiz davlat universiteti shoiru yozuvchilarni, sanʼatkorlarni ilhomlantiruvchi maskan sanaladi. Shu bois mazkur taʼlim dargohiga yurtimiz ijodkorlari oshiqishadi. Oʼzbek filologiyasi fakulьteti talabalari bilan boʼlgan uchrashuvda ham ana poytaxdan tashrif buyurgan bir guruh yozuvchilar jam boʼlishdi. Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan jurnalist, “Oʼzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi bosh muharriri Salim Аshurov, “Sharq yulduzi” va “Zvezda vostoka” jurnallari bosh muharriri Sirojiddin Rauf va Oʼzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Eng ulugʼ-eng aziz Respublika tanlovi gʼolibi, shoir Zikrillo Neʼmat hamda Oʼzbekiston yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat boʼlimi boshligʼi Mengnor Ollomurod ishtirokidagi uchrashuvda ijod olamidagi yangiliklar, bugungi adabiy jarayon, kitobxonlik mavzularida samimiy suhbat boʼlib oʼtdi. Yozuvchi va talabalar oʼrtasidagi mushoira baxsi ishtirokchilarni ilhomlantirdi. Savol-javoblar bilan yakun topgan uchrashuvda yozuvchilar oʼzlarining sara asarlarini talaba yoshlarga taqdim qilishdi.