TerDU: Besh tashabbus doirasida sport musobaqalariga start berildi

2020-03-03 819 marta ko'rildi.

 
Termiz davlat universitetida “Besh tashabbus-besh imkon” shiori ostida sportning futbol, valeybol turidan fakulьtet birinchiligi musobaqalari eʼlon qilinib, barcha yoʼnalishlardagi talabalar oʼrtasida mazkur sport turlari boʼyicha baxslar boshlandi. Ochilish marosimidan soʼng musobaqani Jismoniy madaniyat fakulьteti talabalari boshlab berishdi. Shu kunning oʼzida Tabiiy fanlar fakulьteti 1-kurs talabalari oʼrtasida sportning stol tennisi va valeybol turlari boʼyicha musobaqalar tashkil etildi. Oʼzbek filologiyasi va Xorijiy filologiya fakulьtetlari talabalari ham futbol baxslarini boshlashgan boʼlsa, Iqtisodiyot va turizm fakulьtetining talaba qizlari oʼrtasida stol tenisi baxslariga start berildi. Mazkur sport tadbiri barcha fakulьtetlarda boʼlib oʼtadi. Yakunda gʼoliblar universitet rahbariyati tomonidan ragʼbatlantiriladi.