Tanlov g'oliblari taqdirlandi!

2021-04-07 423 marta ko'rildi.

Ma’lumki, Termiz davlat universiteti kengashining 2021 yil 27 fevraldagi 8-sonli yig‘ilish qarori bilan talabalar o‘rtasida  “Yangi O‘zbekiston – yoshlar nigohida” nomli  ko‘rik-tanlov o‘tkazish tasdiqlangan edi. 


Talabalar “Rassomlik va dizayn”, “Yurt Madhi”, “Video va animatsiya” yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z ijodiy ishlarini tanlov komissiyasiga taqdim qilishdi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha hakamlar hay’ati ishtirokchilarning ijod namunalarini xolisona, shaffof tarzda ko‘rib chiqib, nominasiyalar bo‘yicha 3 ta o‘rinni aniqlab berishdi.


Gʻoliblar universitet rektorining tegishli buyrug‘i bilan belgilangan tartibda universitetning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan kompyuter, planshet va mobil telefonlar bilan rag‘batlantirildi.