21 FEVRAL - “XALQARO ONA TILI KUNI”

2021-02-21 541 marta ko'rildi.

O‘zbek filologiyasi fakultetida 21 fevral – “Xalqaro ona tili kuni” bayrami munosabati bilan  “Ko‘ptillilikni ta’lim va jamiyatga joriy etish” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. 

Tadbirda o‘zbek fakulteti yetakchi professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talabalarning ma’ruzalari tinglandi. Shuningdek, talabalar tomonidan ona tili haqidagi she’rlar o‘qildi, fikr-mulohazalar eshitildi.


Ma’lumot uchun, YUNESKO tashkiloti tomonidan  21 fevral – “Xalqaro ona tili kuni” deb e’lon qilingan.


Mazkur sana 2000 yildan buyon xalqaro miqyosida  keng nishonlanib kelinmoqda.  Xalqaro ona tili kunining mazmun-mohiyatida har bir xalqning o‘z milliy tafakkuri, ma’naviyati, ruhiyatining o‘zagini tashkil etadigan tilga alohida muhabbatning belgisi o‘z aksini topadi.