TerDUda nufuzli o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi

2021-02-18 440 marta ko'rildi.

Viloyat hokimligi, Termiz davlat universiteti, kasbiy taʼlimni rivojlantirish hududiy boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan o‘quv seminari “TerDUning kimyo fanini o‘qitish bo‘yicha maktablar, professional taʼlim va akademik litseylar bilan o‘zaro hamkorligi: muammolar, vazifalar va istiqbollari” deb nomlandi.


Unda viloyatda kimyo fanini o‘qitish sifatini yaxshilash, universitet va maktab hamkorligini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi. Mavjud muammolar tahlil etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha hamkor tashkilotlar birga harakat qilishiga kelishib olindi.

O‘quv seminarida Toshkent pediatiriya insituti qoshidagi akademik litseyining oliy toifali o‘qituvchisi, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa (PhD) doktori, “Shuhrat” medali sohibi D.Haydarov kimyo fanini o‘qitish yuzasidan master klass o‘tib berdi.