Ta’limdagi hamkorlik kelishuvi

2021-02-18 463 marta ko'rildi.

Termiz davlat universitetida bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasiga bag’ishlangan yig’ilish bo‘lib o‘tdi.

Universitet, viloyat prokuraturasi va viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligidagi mazkur yig‘ilishda o‘qishni tamomlayotgan talabalarga kelgusida ishga joylashishlari uchun amaliy ko‘mak berishga doir fikr-mulohazalar bildirildi.


Viloyatdagi 5 ta tumandan 300 nafarga yaqin maktab direktorlari ishtirok etgan tadbirda endilikda maktab direktorlari va ta’lim muassasasalari o‘zlarining tumanlaridagi bitiruvchilarni ish bilan ta’minlashga mas’ul bo‘lishi belgilandi.

Yoshlarning bandligini tizimli ravishda ta’minlashga amaliy ko’mak berish maqsadida tashkil etilgan ushbu uchrashuv mavzuga doir savol-javoblarga boy bo’ldi.