TerDU Kengashining yil boshidagi dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2021-01-05 236 marta ko'rildi.

Videoselektor tarzida o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishda Kengash a’zolari va barcha VKA tizimi  orqali universitet jamoasi to‘liq tarkibda ishtirok etdi.

Unda dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yo‘llagan Murojatnomasida qayd etilgan 2021 yilda ilm-fan sohasini rivojlantirish yo‘lida qilinadigan ishlar mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi. 

Tadbirda kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan universitet rektori tomonidan yakunlangan 2020 yilda universitet faoliyati sarhisob qilindi, yutuqlar e’tirof etilib,yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tahlil qilindi. Barcha yo‘nalishlarda kelgusidagi rejalar belgilab olindi.



Shundan so‘ng kun tartibidagi qator masalalar: Oqsoqollar kengashining yillik hisoboti tinglandi; o‘quv jarayonini boshqarishda elektron dekanat texnologiyasining qo‘llanilishi va uni takomillashtirish bo‘yicha taqdimot namoyish qilindi.


Ko‘rilgan masalalar Kengash a’zolari tomonidan tasdiqlandi. Shundan so‘ng, an’anaga ko‘ra, doktorlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan bir guruh tadqiqotchilarga tegishli diplomlar topshirildi.

Yakunda universitet rektori jamoani boshlangan yangi yil bilan tabriklab, barchaga ilmiy va ijodiy faoliyatlariga omad tiladi.